07/08/2026
XATLOV JARAYONLARI IZCHIL DAVOM ETMOQDA.
Kadastr agentligi tomonidan 2026-yil uchun tasdiqlangan reja-jadval asosida Davlat kadastrlar palatasi Andijon tuman filiali kadastr mutaxassislari tomonidan ko‘chmas mulk obyektlarini xatlovdan o‘tkazish ishlari izchil davom ettirilmoqda.
Yozning jazirama kunlariga qaramasdan, kadastr muhandislari xonadonma-xonadon yurib, ko‘chmas mulk obyektlarini texnik inventarizatsiyadan o‘tkazmoqda hamda zarur ma’lumotlarni yig‘moqda.
Shu bilan birga, fuqarolar va tadbirkorlarga kadastr sohasidagi amaldagi qonunchilik, huquqiy tartiblar hamda qonunchilikdagi yangiliklar yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasining 1153-sonli Qonuni bilan 937-sonli Qonunga kiritilgan o‘zgartirishlarning mazmuni, fuqarolar uchun yaratilgan yangi huquqiy imkoniyatlar va ularni amalda qo‘llash tartibi haqida batafsil ma’lumotlar berilmoqda.