03/10/2025
FARG'ONADA YER VA KADASTR NAZORATI
Kadastr agentligi Fargâona viloyat boshqarmasi tomonidan Rishton va Buvayda tumanlarida oâtkazilgan monitoring tadbirlari davomida yer maydonlarini oâzboshimchalik bilan egallash holatlari aniqlandi.
Toshloq tumani "Nayman" MFY hududida o'tkazilgan monitoring tadbirlari davomida fuqaro A.E. tomonidan hududdagi yer maydonining 80 kv.metr qismini oâzboshimchalik bilan egallab, noqonuniy qurilish ishlari amalga oshirilgani aniqlangan.
Yana bir holatda, fuqaro D.N. tomonidan mahalla hududidagi yer maydonining 85 kv.metr qismini oâzboshimchalik bilan egallab, noqonuniy qurilish ishlari amalga oshirilgani aniqlangan.
Toshloq tumani "Nayman" MFY hududida o'tkazilgan monitoring tadbirlari davomida fuqaro K.T. tomonidan hududdagi yer maydonining 60 kv.metr qismini oâzboshimchalik bilan egallab, noqonuniy qurilish ishlari amalga oshirilgani aniqlangan.
Beshariq tumanidagi holatda, "Shoberdi" MFY hududidagi davlat zaxirasidagi yer maydonining 128 kv.metr qismini oâzboshimchalik bilan egallab, noqonuniy qurilish ishlari amalga oshirilgani aniqlangan.
Ushbu holatlar yuzasidan qonunbuzarlikka yoâl qoâygan fuqarolarga tushuntirish ishlari olib borildi. Natijada, qurilgan noqonuniy inshootlar buzilib, yer qonunbuzilish holatlari bartaraf etildi.
Eslatma, O'zbekiston Respublikasining 05.08.2024-yildagi O'RQ-937-sonli Qonuniga asosan 2018-yil 01-may kunigacha yakka tartibdagi uy-joy qurib o'zboshimchalik bilan egallangan yer hamda undagi bino va inshootlar ko'rib chiqiladi.
Kadastr agentligi tizimida yer ustidan nazorat ishlari kuchaytirilgan. Yurtimizning barcha hududlarida noqonuniy yer egallash va qurilish holatlarini aniqlash hamda bartaraf etish ishlari davom etmoqda.
Ogohlikka chaqiramiz! Yerlarni oâzboshimchalik bilan egallash yoki ruxsatsiz qurilish ishlari olib borish â maâmuriy yoki jinoiy javobgarlikka sabab boâlishi mumkin.