Farg’ona viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi

Farg’ona viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi Farg’ona viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi yangiliklar rasmiy kanali

30/10/2025



Marg'ilon shahrida barpo etilayotgan "Burhoniddin Marg'iloniy ilmiy tadqiqot va turizm majmuasi hamda Yangi O'zbekiston massivi"da olib borilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlari O'zbekiston Milliy axborot agentligi nigohida

Farg‘onada qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida raqamli nazorat tizimlariga bag‘ishlangan amaliy seminar bo‘li...
30/10/2025

Farg‘onada qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida raqamli nazorat tizimlariga bag‘ishlangan amaliy seminar bo‘lib o‘tdi

Bugun Farg‘ona viloyat qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi bosh boshqarmasida davlat arxitektura nazoratini raqamli va kosmik monitoring asosida amalga oshirish masalalariga bag‘ishlangan amaliy seminar o‘tkazildi.

Seminarda “Shaffof Qurilish” axborot tizimi, “O‘goh fuqaro” platformasi hamda kosmik monitoring imkoniyatlaridan samarali foydalanish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.

Tadbirda boshqarma boshlig'i B.Rahimov, Tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil (Biznes-ombudsman)ning Farg‘ona viloyati mas'ul xodimi O.Imomov , tuman(shahar) bo'limi boshliqlari, mutaxassislar ishtirok etdilar.

Mazkur seminar qurilish jarayonlarida shaffoflikni ta’minlash, qonunbuzilishlarning oldini olish va tadbirkorlik subyektlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.

22/10/2025

“Karkidon” suv ombori hududida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlaridan reportaj.

22/10/2025

Prezidentimizning “Seysmik xavfsizlikni ta'minlash hamda seysmologiya sohasidagi ishlar samaradorligini yanada oshirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni qabul qilindi

22/10/2025

Marg‘ilon shahridagi "Yangi O‘zbekiston" massivida qurilish ishlari ikki smenada kechayu-kunduz tashkil etilmoqda. Tungi bunyodkorlik ishlaridan reportaj.

🔔Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

  🫥Bugun Farg‘ona viloyatida “Shaharsozlik faoliyatida innovatsion texnologiyalarni qo‘llash” mavzusida mintaqaviy ko‘rg...
22/10/2025



🫥Bugun Farg‘ona viloyatida “Shaharsozlik faoliyatida innovatsion texnologiyalarni qo‘llash” mavzusida mintaqaviy ko‘rgazma-seminar o‘tkazildi. Tadbir Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, Farg‘ona viloyati hokimligi, Farg'ona Davlat Texnika universiteti hamda “O‘zGASHKLITI” loyiha-qidiruv instituti hamkorligida tashkil etilib, soha mutaxassislari va loyiha tashkilotlarini bir maydonga jamladi.

Seminar davomida shaharsozlik faoliyatini geoaxborot bilan ta'minlash, shahar infratuzilmasini ekologik va muhandislik jihatdan rivojlantirish, loyiha smeta hujjatlarini ishlab chiqishda zamonaviy BIM hamda sun’iy intellekt texnologiyalarini tatbiq etish masalalari muhokama qilindi. Qurilish obyektlarida geodezik va geologik ishlarni bajarishda innovatsion texnologiyalarni qo'llash, sifat nazoratini kuchaytirish, raqamli monitoring tizimlari va texnik tekshiruvlarni takomillashtirish bo‘yicha amaliy takliflar bildirildi.

🔴 Ko‘rgazmada energiya tejamkor materiallar, muhandislik-geodeziya yechimlari, zamonaviy qurilish texnikalari, fasad va izolyatsiya tizimlari, yoritish hamda iqlim nazorati uskunalari namoyish etildi. Ushbu ishlanmalar texnologik samaradorligi va barqaror shaharsozlik tamoyillariga mosligi bilan ajralib turadi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar bunday mintaqaviy uchrashuvlar sohada tajriba almashish, raqamli yechimlarni joriy etish va malakali kadrlar tayyorlashga xizmat qilishini ta’kidlab, kelgusida ham hamkorlikni kengaytirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

22/10/2025

Quva tumanida barpo etilayotgan "Karkidon" turizm majmuasi O‘zbekistonning eng go‘zal maskanlaridan biriga aylanadi!

22/10/2025

Prezident Shavkat Mirziyoyev Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurib, xalqimizning boy tarixiy va ma’naviy merosini keng namoyish etishga qaratilgan ishlar bilan tanishdi.

 ❗️Сейсмик хавфсизлик ва барқарор қурилиш миллий тадқиқот институти фаолияти ташкил этилди “Тошкент архитектура-қурилиш ...
22/10/2025



❗️Сейсмик хавфсизлик ва барқарор қурилиш миллий тадқиқот институти фаолияти ташкил этилди

“Тошкент архитектура-қурилиш университети ҳузурида Сейсмик хавфсизлик ва барқарор қурилиш миллий тадқиқот институти фаолиятини ташкил этиш чора-тадбирлари тўғрисида”ги Президент қарори (ПҚ-309-сон, 20.10.2025 й.) қабул қилинди.

🔰 Қарорга кўра, Институт фаолиятининг асосий йўналишлари этиб қуйидагилар белгиланди, жумладан:

🔹 сейсмик хавфсизликни таъминлаш ва барқарор қурилиш соҳаси бўйича илмий тадқиқотлар ўтказиш ва натижаларини амалиётга жорий этишни таъминлаш;

🔹 тегишли лицензия талаблари ва шартларини бажарган ҳолда шаҳарсозлик соҳасида лицензияланадиган фаолият турларининг барчасини амалга ошириш.

🔹 бошқа илмий ташкилотлар, жамғармалар, таълим муассасалари, шу жумладан, халқаро ва хорижий ташкилотлар билан шартномалар тузиш орқали биргаликда илмий тадқиқотлар ўтказиш.

🔗 Институт фаолияти ўзини ўзи молиялаштириш тамойили асосида ташкил этилади ва Кенгашлар назорати остида юритилади.

✔️ Институтга илмий унвонлар ва илмий даражалар берувчи илмий кенгашлар тузиш ва ўз фаолиятига мос ихтисосликлар бўйича докторант ва мустақил изланувчиларни тайёрлаш ҳуқуқи берилади.

Каналга уланиш👇👇👇

Қонунчиликдаги янгиликлар, ҳуқуқий ислоҳотлар ҳақида тезкор маълумотлар тақдим этувчи канал. ▪️|Лотин алифбосида — ▪️|Рус тилида — ▪️|Инглиз ...

22/10/2025

ДИҚҚАТ ЭЪЛОН!!!

Жорий йилнинг 22 октябрь куни сoaт 14.00 дa Фарғона вилоят Қурилиш ва Уй-жoй кoммунaл хўжалиги бош бошқамаси биносида навбатдаги сайёр қабул ўтказилади"

Сайёр қабул бўйича батафсил маълумот :
+998944418893
+998982108880

Фарғона вилoят Қурилиш ва Уй-жoй кoммунaл хўжалиги бош бoшқaрмaси

21/10/2025

#Бунёдкорлик

Қува туманидаги “Каркидон” сув омбори ҳудудида замонавий туризм мажмуасини барпо этиш қизғин давом этмоқда.

Вилоят ҳокими Хайрулло Бозоров қурилиш-муҳандислик соҳасида катта тажрибага эга “BOMI Engineering & Construction” компан...
21/10/2025

Вилоят ҳокими Хайрулло Бозоров қурилиш-муҳандислик соҳасида катта тажрибага эга “BOMI Engineering & Construction” компанияси бошқарув раиси Ким Док Ёнг билан учрашди. (https://gov.uz/uz/ferghana/news/view/93944)

Унда мазкур компания томонидан вилоятимизда қурилиш соҳасидаги йирик лойиҳаларда иштирок этиш, инвестиция киритиш масалалари муҳокама қилинди.

Вилоят ҳокими Фарғона вилояти потенциали ҳақида, вилоятда жадал суръатларда олиб борилаётган “Янги Ўзбекистон” массивлари бўйича маълумот берди.

Инвесторга меҳмонхоналар, голф майдонларини қуриш таклифи билдирилди.
___
Хоким Ферганской области Хайрулло Бозоров встретился (https://gov.uz/ru/ferghana/news/view/93944) с председателем совета директоров компании “BOMI Engineering & Construction” Ким Док Ёнгом, обладающей большим опытом в сфере строительства и инженерии.
___
Governor of Fergana Region, Khayrullo Bozorov, held a (https://gov.uz/uz/ferghana)meeting (https://gov.uz/en/ferghana/news/view/93944)with Kim Deok-Young, Chairman of BOMI Engineering & Construction, a company with extensive experience in the construction and engineering sector.

Address

150100, Farg'ona Viloyati, Farg'ona, Navoiy Ko'chasi, 47A
Fergana
150200

Opening Hours

Monday 09:00 - 18:00
Tuesday 09:00 - 18:00
Wednesday 09:00 - 18:00
Thursday 09:00 - 18:00
Friday 09:00 - 18:00
Saturday 09:00 - 18:00

Website

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Farg’ona viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Share

Category