Jizzax suv ta'minoti AJ axborot xizmati

Jizzax suv ta'minoti AJ axborot xizmati Jizzax suv ta'minoti AJ axborot xizmati

18/04/2026

Suvdek aziz ayol timsoli

👩Jamiyat taraqqiyotida har bir kasb muhim, biroq ayrim sohalarda ayollarning mehnati haqiqiy matonat namunasidir. Suv ta’minoti tizimida 30 yildan ortiq vaqt davomida mehnat qilib kelayotgan Ra’no Jamolova - ilm va sadoqat uyg‘unligining yorqin misoli. Uning hayoti ayol kishi ham jamiyatda professional mutaxassis, ham oilada suyanchiq bo‘la olishini isbotlaydi.

✍️ “Jizzax suv taʼminoti” AJ axborot xizmati

18/04/2026

O'zbekiston 24 telekanalida Jizzax viloyati aholisini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash darajasi, shuningdek, aholi sanitariya-epidemiologik holatini yaxshilash maqsadida oqova suv (kanalizatsiya) tizimlarida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida so‘z yuritiladi.

✍️ “Jizzax suv taʼminoti” AJ axborot xizmati

“Jizzax suv ta’minoti” AJ Zomin tuman filiali rahbari Azimov Nurulla Ibadovich “Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish a’loch...
18/04/2026

“Jizzax suv ta’minoti” AJ Zomin tuman filiali rahbari Azimov Nurulla Ibadovich “Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Azimov Nurilla Ibodovich kommunal sohada 30 yildan ortiq samarali mehnat faoliyatini olib borib, tizim rivojiga munosib hissa qo‘shib kelmoqda. U o‘zining ko‘p yillik tajribasi, mas’uliyatli yondashuvi va fidokorona mehnati bilan jamoa orasida hurmat qozongan.

Mazkur mukofot uning sohadagi uzoq yillik xizmatlari, kasbiy mahorati hamda aholi uchun sifatli kommunal xizmatlar ko‘rsatish yo‘lidagi sa’y-harakatlari e’tirofi sifatida topshirildi.

✍️ “Jizzax suv taʼminoti” AJ axborot xizmati

Jizzax viloyatida ichimlik suvi va oqova xizmatlar bo‘yicha yangi tariflar tasdiqlangani yuzasidan                 RASMI...
14/04/2026

Jizzax viloyatida ichimlik suvi va oqova xizmatlar bo‘yicha yangi tariflar tasdiqlangani yuzasidan

RASMIY BAYONOT

Batafsil: https://jizzax.uzsuv.uz/uz/posts/tarif
——————————————
ОФИЦИАЛЬНОЕ ЗАЯВЛЕНИЕ

о новом тарифе, утвержденном на услуги питьевого водоснабжения и водоотведения в Джизакской области

Подробнее: https://jizzax.uzsuv.uz/ru/posts/tarif

✍️ “Jizzax suv taʼminoti” AJ axborot xizmati

14/04/2026

Jizzax viloyatida ichimlik suvi va oqova suv xizmatlari narxlari o‘zgaradi

✔️MUHIM ESLATMA!
Eski tariflar bo‘yicha to‘lovni amalga oshirishga ulgurib qoling!

Agar siz 2026-yil 1-mayga qadar ichimlik suvi va oqova suv xizmatlari uchun oldindan (avans) to‘lovni amalga oshirsangiz, tariflar oshganidan keyin ham 2 oy davomida eski (amaldagi) narxlar asosida hisob-kitob qilish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.

Ya’ni, hozir to‘lovni amalga oshirsangiz, 2026-yil may va iyun oylarida ham xizmatlar siz uchun eski tariflar asosida hisoblanadi. Imkoniyatdan foydalaning va to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshiring!

Izoh:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 15-iyuldagi 194-son qaroriga asosan, I guruh iste’molchilari kommunal xizmatlar uchun 2 oydan ortiq bo‘lmagan muddatga avans tarzida to‘lovlarni oldindan amalga oshirgan taqdirda, ushbu davr mobaynida tariflar o‘zgarishi sababli yuzaga keladigan qo‘shimcha to‘lovlardan ozod etiladilar.

✍️ “Jizzax suv taʼminoti” AJ axborot xizmati

Hurmatli ichimlik suvi iste’molchilari!Agar ichimlik suvi yoki oqova suv tizimida nosozlik va avariya holatlariga duch k...
10/04/2026

Hurmatli ichimlik suvi iste’molchilari!

Agar ichimlik suvi yoki oqova suv tizimida nosozlik va avariya holatlariga duch kelsangiz, quyidagi mas’ul shaxslar bilan bog‘lanib xabar berishingizni so‘raymiz.

Sizning murojaatingiz muammoni tezkor bartaraf etishga hamda ichimlik suvi isrofini oldini olishga xizmat qiladi.

Tuman va shahar filiallari aloqa raqamlari:

📍 Jizzax shahri
Ahmedov Akbarali Rahmatillayevich
📞 (88) 112-50-80

📍 Sh. Rashidov tumani
Ibragimov Maorif Sharof o‘g‘li
📞 (99) 384-76-34

📍 Paxtakor tumani
Qo‘shbaqov Valijon Alimovich
📞 (99) 558-44-31

📍 Zarbdor tumani
Qodirov Sherali Soatovich
📞 (93) 306-81-81

📍 Zomin tumani
Azimov Nurulla Ibadovich
📞 (99) 626-03-61

📍 Baxmal tumani
Solarov Jasurbek Baxri o‘g‘li
📞 (99) 548-84-14

📍 G‘allaorol tumani
Ziyayev Akmal Ikramovich
📞 (97) 326-18-69

📍 Arnasoy tumani
Begmatov Rustam Sodiqovich
📞 (99) 556-67-10

📍 Do‘stlik tumani
Ermatov Sherali Ashirqulovich
📞 (90) 265-07-70

📍 Mirzacho‘l tumani
Ibragimov Dilshod Tolibjonovich
📞 (94) 612-00-09

📍 Forish tumani
Nishonov Amir
📞 (98) 222-11-05

📍 Zafarobod tumani
Adilov Faxriddin Adilovich
📞 (77) 058-57-00

✍️ “Jizzax suv taʼminoti” AJ axborot xizmati

10/04/2026

Jizzaxda magistral suv tarmog‘ida avariya: ta’mirlash ishlari davom etmoqda

Paxtakor–Do‘stlik yo‘nalishidagi markaziy ichimlik suv tarmog‘ida yuzaga kelgan nosozlik sababli hududlarda suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatilgan.

Ayni paytda Oq buloq mahallasida joylashgan magistral quvurda ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

Suv ta’minoti ishlar yakunlangach bosqichma-bosqich tiklanadi.

✍️ “Jizzax suv taʼminoti” AJ axborot xizmat

  📍 Jizzax viloyatining Paxtakor, Do‘stlik hamda Zafarobod tumanlarining ayrim hududlarida ichimlik suvi ta’minoti vaqti...
10/04/2026



📍 Jizzax viloyatining Paxtakor, Do‘stlik hamda Zafarobod tumanlarining ayrim hududlarida ichimlik suvi ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

🔧 Bunga Paxtakor–Do‘stlik yo‘nalishi bo‘ylab o‘tuvchi markaziy ichimlik suv tarmog‘ida yuzaga kelgan nosozlik sabab bo‘lgan. Ayni vaqtda mutaxassislar tomonidan tezkor ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

🚰 Xususan, Paxtakor–Do‘stlik yo‘nalishidagi Oq buloq mahallasi hududidan o‘tuvchi diametri 426 mm bo‘lgan magistral tarmoqda nosozlikni bartaraf etish ishlari boshlangan.

Shu munosabat bilan 2026-yil 10-apreldan 11-aprel kuni soat 17:00 ga qadar quyidagi hududlarda ichimlik suvi ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi:

• Paxtakor tumani
• Do‘stlik tumani
• Zafarobod tumani

🛠 Ta’mirlash ishlari yakunlangach, suv ta’minoti bosqichma-bosqich qayta tiklanadi.

Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

✍️ “Jizzax suv taʼminoti” AJ axborot xizmati

DIQQAT, E’LON!📍 Jizzax viloyatining Paxtakor, Do‘stlik hamda Zafarobod tumanlarining ayrim hududlarida ichimlik suvi ta’...
10/04/2026

DIQQAT, E’LON!

📍 Jizzax viloyatining Paxtakor, Do‘stlik hamda Zafarobod tumanlarining ayrim hududlarida ichimlik suvi ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

“Jizzax suv ta’minoti” AJga qarashli “Sangzor-S” suv uzatish inshootidan chiquvchi magistral ichimlik suvi quvurida favqulodda nosozlik yuzaga kelganligi sababli, ayni vaqtda tezkor ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Shu munosabat bilan:

2026-yil 10-apreldan 11-aprel kuni soat 17:00 ga qadar
quyidagi hududlarda ichimlik suvi ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi:

📍 Paxtakor tumani
📍 Do‘stlik tumani
📍 Zafarobod tumani

🛠 Ta’mirlash ishlari yakunlangach, suv ta’minoti bosqichma-bosqich qayta tiklanadi.

Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

✍️ “Jizzax suv taʼminoti” AJ axborot xizmati

02/04/2026

G‘allaorolda 28 ming aholini qamrab oluvchi yirik oqova suv loyihasi amalga oshirilmoqda

📈 Loyiha doirasida zamonaviy tozalash inshootlari va 45 kilometr uzunlikdagi oqova suv tarmoqlari barpo etilib, hududning ekologik va sanitariya holati sezilarli darajada yaxshilanadi.

✍️ “Jizzax suv taʼminoti” AJ axborot xizmati

01/04/2026

“Jizzax suv ta’minoti” AJ hamda Jizzax viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi hududiy nazorat inspeksiyasi xodimlari bilan hamkorlikda Sharof Rashidov tumani “Nonisangil” mahallasida ichimlik suvi tarmoqlari va oqova suv tizimlariga noqonuniy ulanib foydalanish holatlarini aniqlash bo‘yicha reyd o‘tkazildi.

✍️ “Jizzax suv taʼminoti” AJ axborot xizmati

Address

Jizzax
Jizzax
01

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Jizzax suv ta'minoti AJ axborot xizmati posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The Business

Send a message to Jizzax suv ta'minoti AJ axborot xizmati:

Share

Category