Navoiy viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi

Navoiy viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi arxiv ishi va ish yuritish

 📌9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuniNAVOIY VILOYATI ARXIV ISHI HUDUDIY BOSHQARMASIDA XALQARO KORRUPSI...
09/12/2025



📌9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni

NAVOIY VILOYATI ARXIV ISHI HUDUDIY BOSHQARMASIDA XALQARO KORRUPSIYAGA QARSHI KURASH KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIR O‘TKAZILDI

Navoiy viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi tizimidagi arxiv muassasalari xodimlari ishtirokida 9-dekabr — Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuniga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Navoiy shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi rahbari o'z ma’ruzasi bilan ishtirok etib, korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy asoslari, davlat siyosatida korrupsiyaga murosasiz munosabatning ustuvorligi hamda sohada olib borilayotgan islohotlar haqida batafsil ma’lumot berdi.

Ishtirokchilar o‘rtasida korrupsiyaning jamiyat rivojiga salbiy ta’siri, uning oldini olish mexanizmlari va xodimlarning mas’uliyati yuzasidan ochiq muloqot o‘tkazildi.

✔️ “Navoiy viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasining rasmiy sahifalari:
Telegram | (http://t.me/NavoiyAIHB) Instagram | (https://www.instagram.com/navoiyarchive/) Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=61557884112528)

 ARXIV TIZIMI 2030-YILGACHA TUBDAN RAQAMLASHTIRILADI"Do'stlik bayrog'i" gazetasining 2025-yil 4-dekabrdagi (4260) 48-son...
05/12/2025



ARXIV TIZIMI 2030-YILGACHA TUBDAN RAQAMLASHTIRILADI

"Do'stlik bayrog'i" gazetasining 2025-yil 4-dekabrdagi (4260) 48-sonida Navoiy viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshlig’i S.Bekovaning "ARXIV TIZIMI 2030-YILGACHA TUBDAN RAQAMLASHTIRILADI" nomli maqolasi chop etildi.

Maqolada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-noyabrdagi PF–228-son Farmoni — “Arxiv ishi sohasini raqamlashtirish va sohada boshqaruv samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hujjat mazmuni yoritilib, arxiv tizimida raqamlashtirish jarayonlari, avtomatlashtirilgan xizmatlar va tezkor ma’lumot almashinuvi imkoniyatlari haqida batafsil fikrlar bildirilgan.

✔️ “Navoiy viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasining rasmiy sahifalari:
Telegram | (http://t.me/NavoiyAIHB) Instagram | (https://www.instagram.com/navoiyarchive/) Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=61557884112528)

 NAVOIY VILOYATI ARXIV ISHI HUDUDIY BOSHQARMASIDA KONSTITUTSIYA KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIR O‘TKAZILDINavoiy viloyati a...
04/12/2025



NAVOIY VILOYATI ARXIV ISHI HUDUDIY BOSHQARMASIDA KONSTITUTSIYA KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIR O‘TKAZILDI

Navoiy viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi tizimidagi arxiv muassasalari xodimlari ishtirokida 8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Navoiy shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi rahbari Olimjon Komilov ma’ruza bilan ishtirok etdi. Ma’ruzada Konstitutsiyaning yaratilish tarixi, mazmun-mohiyati hamda huquqiy davlat barpo etishdagi o‘rni haqida so‘z yuritildi.

Tadbir ishtirokchilari, shuningdek, Konstitutsiya qabul qilinish jarayoniga bag‘ishlangan arxiv hujjatlari ko‘rgazmasi bilan tanishdilar.

Tadbir yakunida 2025-yilning 3-choragida raqamlashtirish jarayonlarida yuqori natijalar ko‘rsatgan xodimlar “O‘zarxiv” agentligining esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

✔️ “Navoiy viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasining rasmiy sahifalari:
Telegram | (http://t.me/NavoiyAIHB) Instagram | (https://www.instagram.com/navoiyarchive/) Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=61557884112528)

 Zarafshon shahar davlat arxivi hamda Navoiy Davlat Universiteti Tarix fakulteti hamkorligida 8-dekabr — O‘zbekiston Res...
03/12/2025



Zarafshon shahar davlat arxivi hamda Navoiy Davlat Universiteti Tarix fakulteti hamkorligida 8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan seminar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Seminarda Tarix fakulteti dekani Tog‘ayev Zokir Tilavovich tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yaratilish tarixi, uning ahamiyati hamda “Konstitutsiya” atamasining paydo bo‘lishi haqida davlat arxiv xodimlariga batafsil ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, davlat arxiv binosida “Konstitutsiya” burchagi tashkil etilib, unda mazkur sohaga oid muhim materiallar va hujjatlar jamlandi.

✔️ “Navoiy viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasining rasmiy sahifalari:
Telegram | (http://t.me/NavoiyAIHB) Instagram | (https://www.instagram.com/navoiyarchive/) Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=61557884112528)

 8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan Nurota tuman davlat arxivi hamd...
03/12/2025



8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan Nurota tuman davlat arxivi hamda 42-umumiy o‘rta ta’lim maktabi hamkorligida bayram tadbiri tashkil etildi.

🫥Tadbirda 42-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchi va o‘quvchilari, shuningdek, Tuman Adliya bo‘limi vakillari ishtirok etishdi.

Maktab o‘quvchilariga arxivda saqlanayotgan noyob, tarixiy ahamiyatga ega hujjatlar hamda fotohujjatlar asosida maxsus ko‘rgazma tashkil etildi va qiziqarli ma’lumotlar berildi.

✔️ “Navoiy viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasining rasmiy sahifalari:
Telegram | (http://t.me/NavoiyAIHB) Instagram | (https://www.instagram.com/navoiyarchive/) Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=61557884112528)

 “ТАМДЫ ШАРУАГЕРІ” gazetasining 2025-yil 29-noyabrdagi 20 (7155)-sonida Navoiy viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi b...
02/12/2025



“ТАМДЫ ШАРУАГЕРІ” gazetasining 2025-yil 29-noyabrdagi 20 (7155)-sonida Navoiy viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshlig'i S.Bekovaning “МУРАҒАТ УШИН ЖАНА ДӘУИР ЦИФРЛАНДЫР, АВТОМАТТАНДЫРУ ЖӘНЕ ЖЕДЕЛ ҚЫЗМЕТТЕР” (Arxivlar uchun yangi davr: raqamlashtirish, avtomatlashtirish va tezkor xizmatlar) nomli maqolasi chop etildi.

Maqolada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-noyabrdagi PF–228-son Farmoni — “Arxiv ishi sohasini raqamlashtirish va sohada boshqaruv samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hujjat mazmuni yoritilib, arxiv tizimida raqamlashtirish jarayonlari, avtomatlashtirilgan xizmatlar va tezkor ma’lumot almashinuvi imkoniyatlari haqida batafsil fikrlar bildirilgan.

✔️ “Navoiy viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasining rasmiy sahifalari:
Telegram | (http://t.me/NavoiyAIHB) Instagram | (https://www.instagram.com/navoiyarchive/) Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=61557884112528)

🫥“ТАМДЫ ШАРУАГЕРІ” gazetasining 2025-yil 19-noyabrdagi 19 (7154)-sonida Navoiy viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi, ...
20/11/2025

🫥“ТАМДЫ ШАРУАГЕРІ” gazetasining 2025-yil 19-noyabrdagi 19 (7154)-sonida Navoiy viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi, Tomdi tuman davlat arxivi direktori I.Jaksilikovning “АЙҚЫНДЫҚ ЖӘНЕ АШЫҚТЫҚ — АРХИВ ЖҮЙЕСІНІҢ БАСТЫ БАҒЫТТАРЫ” (Shaffoflik va oshkoralik — Arxiv tizimining asosiy yo‘nalishlari ) nomli maqolasi chop etildi.

✔️ “Navoiy viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasining rasmiy sahifalari:
Telegram | (http://t.me/NavoiyAIHB) Instagram | (https://www.instagram.com/navoiyarchive/) Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=61557884112528)

 HALOLLIK VA SHAFFOFLIK ARXIV TIZIMINING USTUVOR TAMOYILI🫥"Do'stlik bayrog'i" gazetasining 2025-yil 20-noyabrdagi (4258)...
20/11/2025



HALOLLIK VA SHAFFOFLIK ARXIV TIZIMINING USTUVOR TAMOYILI

🫥"Do'stlik bayrog'i" gazetasining 2025-yil 20-noyabrdagi (4258) 46-sonida Navoiy viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshlig’i S.Bekovaning "HALOLLIK VA SHAFFOFLIK ARXIV TIZIMINING USTUVOR TAMOYILI" nomli maqolasi chop etildi.

✔️ “Navoiy viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasining rasmiy sahifalari:
Telegram | (http://t.me/NavoiyAIHB) Instagram | (https://www.instagram.com/navoiyarchive/) Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=61557884112528)

Navoiy viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshlig'i Bekova Sayyora Saidovna Konimex tuman davlat arxivi binosida ji...
20/11/2025

Navoiy viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshlig'i Bekova Sayyora Saidovna Konimex tuman davlat arxivi binosida jismoniy va yuridik shaxslar vakillari ishtirokida sayyor qabul o‘tkazdi.

🫥Sayyor qabul davomida fuqarolar tomonidan qilingan murojaatlarga to‘liq javob berilib, har bir masala atroflicha o‘rganib chiqildi. Fuqarolarga muammolarini hal etishda amaliy yordam koʻrsatilib, bir necha nafariga huquqiy maslahatlar berildi.

🫥Sayyor qabul so'ngida fuqarolar savollariga olgan javoblari uchun minnatdorchilik bildirdi.

✔️ “Navoiy viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasining rasmiy sahifalari:
Telegram | (http://t.me/NavoiyAIHB) Instagram | (https://www.instagram.com/navoiyarchive/) Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=61557884112528)

 🇺🇿18-noyabr — O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun!Bugun Konimex tuman davlat arxivida O‘zbe...
19/11/2025



🇺🇿18-noyabr — O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun!

Bugun Konimex tuman davlat arxivida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 34 yilligi munosabati bilan “Bir Vatan, bir el, bir bayroq” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda Davlat bayrog‘iga chuqur hurmat bajo keltirish va uni e’zozlash har bir fuqaroning muqaddas burchi ekani alohida ta’kidlandi.

✔️ “Navoiy viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasining rasmiy sahifalari:
Telegram | (http://t.me/NavoiyAIHB) Instagram | (https://www.instagram.com/navoiyarchive/) Facebook | (https://www.facebook.com/profile.php?id=61557884112528)

 🇺🇿18-noyabr — O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun!Navoiy viloyati davlat arxivi binosida O‘...
18/11/2025



🇺🇿18-noyabr — O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun!

Navoiy viloyati davlat arxivi binosida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 34 yilligi munosabati bilan “Bir Vatan, bir el, bir bayroq” mavzusida ko‘rgazma tashkil etildi.

Tadbirda Navoiy shahar 8-sonli umumta’lim maktabi o‘quvchilari ishtirok etib, O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining yaratilish tarixi va ramziy ma’nosiga oid qiziqarli ko‘rgazma namunalarini tomosha qildilar.

✔️ “Navoiy viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasining rasmiy sahifalari:
Telegram | (http://t.me/NavoiyAIHB) Instagram | (https://www.instagram.com/navoiyarchive/) Facebook | (https://www.facebook.com/profile.php?id=61557884112528)

Vatan bayrog‘i.Bugun o‘g‘lim nogoh so‘radi mendan,“Ona, vatan nima, u me’ros kimdan?”Dedim: - Kindik qoning to‘kilgan tu...
18/11/2025

Vatan bayrog‘i.

Bugun o‘g‘lim nogoh so‘radi mendan,
“Ona, vatan nima, u me’ros kimdan?”
Dedim: - Kindik qoning to‘kilgan tuproq
Vatan bizga me’ros ota-bobodan.

“Unda bayroq nima? Buni ham ayting”
Birma-bir aytayin so‘ragan payting.
Dedim: - Bayroq hurlik, sharaf belgisi,
Undagi ranglarning bordir ma’nosi.

Ko‘k rang – musaffo osmonning ramzi,
Oq rang – tinchlik, poklik, soflik timsoli.
Xo‘sh, ikkala rangdan xulosa qilsak,
Osmoni tinch yurtda yashamoq demak.

Yashil rang – tabiat, yangilanish da’vosi
Manzarasi g‘o‘zallikda O‘zbekiston a’losi.
Dunyo bo‘ylab sayyohlar biz tomonga oshiqar,
Jannatmakon o‘lka deb, bilsang shunga aytishar.

Qizil rang – kuch va shuxrat nishonasi,
Jismingdagi hayotiy qudrat chasmasi.
Erk uchun tikilgan mard ajdodlar joni,
Bolam, Tomiringda jo‘shgan – ularning qoni.

Davlat ramzi doimo muqaddas, ulug‘,
Oy va yulduzlari ilmi me’rosdir qutlug‘.
Bayrog‘ingni mahkam tut, Kubro kabi bo‘l,
Unga yovlar aslo tekkizmasin qo‘l.

Ol o‘g‘lim bayrog‘ing, qalbing uyg‘onsin,
Yuksaklarga ko‘tar jahon tan olsin.
Sen Temur avlodi tug‘i yuksagim,
Ibrat farzandisan jadid o‘g‘lonim!

Navoiy viloyati davlat arxivi
I toifali arxivchisi Dilfuza Karimova

✔️ “Navoiy viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasining rasmiy sahifalari:
Telegram | (http://t.me/NavoiyAIHB) Instagram | (https://www.instagram.com/navoiyarchive/) Facebook | (https://www.facebook.com/profile.php?id=61557884112528)

Address

М. Таробий 107a
Navoi
210100

Opening Hours

Monday 09:00 - 18:00
Tuesday 09:00 - 18:00
Wednesday 09:00 - 18:00
Thursday 09:00 - 18:00
Friday 09:00 - 18:00

Telephone

+998946000309

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Navoiy viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The Business

Send a message to Navoiy viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi:

Share

Category