Isteʼmolchisamarqand

Isteʼmolchisamarqand Oʻzbekiston Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Sam vil birlashmasi

24/03/2026
24/03/2026

📱 Yangi sotib olgan telefoningiz sifatsiz chiqdimi? Huquqlaringizni talab qiling!

Agar telefoningizda zavod nuqsoni aniqlansa, siz uni almashtirish yoki pulingizni qaytarib olish huquqiga egasiz.

​Sifatli, ammo mos kelmagan mahsulot:

Ba’zi hollarda telefonning rangi yoki holati yoqmasa ham, qonuniy muddatlarda uni almashtirish masalasini ko‘rib chiqish mumkin.

​🤝 Biz qanday yordam beramiz?

​O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiya mutaxassislari sizning murojaatingizni qonuniy o‘rganib chiqadi va iste’molchi sifatida manfaatlaringizni oxirigacha himoya qiladi.

Maqsadimiz — har bir muammoni sizning foydangizga hal etish!

​📞 Qanday murojaat qilish kerak?

​Agar siz ham shunday muammoli vaziyatga tushgan bo‘lsangiz, ikkilanmasdan bizning ishonch telefonimizga qo‘ng‘iroq qiling:

​👉 1091 — Yagona ishonch telefoni

​Huquqlaringizni biling va ularni biz bilan birga himoya qiling! ⚖️

19/03/2026

Navro’z muborak!

 Xudoynazarov Akbar Tuxtayevich O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Samarqand...
19/03/2026



Xudoynazarov Akbar Tuxtayevich O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Samarqand viloyat hududiy birlashmasi raisi o‘rinbosari - ijrochi direktori lavozimiga tayinlandi.

Akbar Tuxtayevich mazkur tayinlovga qadar Samarqand shahar Ite’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida Ma'rifiy targ'ibot, monitoring va axborot taxlil mutaxassisi bo'lib ishlagan.

Ushbu tayinlov viloyatimizda iste’molchilar huquqlarini yanada samarali himoya qilish va jamiyat faoliyatini rivojlantirishga xizmat qiladi.

26/02/2026

BRIFING

SAMARQAND SHAHAR ISTE'MOLCHILAR HUQUQLARINI HIMOYA QILISH JAMIYATI RAISI MAHMUD SHODIYEV ISHTIROKIDA

23/02/2026

Sifatsiz ko'mir almashtirib berildi.

Urgut tumanida yashovchi fuqaro S. S. joriy yilning 16-fevralda Samarqand shahrida joylashgan "Ko'mir ta'minot" MChJdan 3.3 million so'mlik ko'mir sotib olgan, ammo "Ko'mir ta'minot" MChJ hodimlari ko'mirni sifatlisiga almashtirib bermayotganligidan norozi bo'lib, ushbu muammo yechimi yuzasidan amaliy yordam soʻrab murojaat qilgan. Ushbu murojaat tegishli tartibda Samarqand shahar iste'molchlar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari tomonidan o‘rganildi.
Maʻlum boʻldiki haqiqatdan isteʼmolchiga sotilgan koʻmir sifatsiz ekanligi oʻz isbotini topdi. Jamiyat mutaxassislari tomonidan tadbirkorga qonunchilik doirasida tushuntirishlar berildi va ko'mir sifatlisiga almashtirilib berildi.

 Institut talabalari va xodimlarini shaxsiy va biometrik ma’lumotlarni hech qanday holatda begona shaxslarga taqdim etma...
23/02/2026



Institut talabalari va xodimlarini shaxsiy va biometrik ma’lumotlarni hech qanday holatda begona shaxslarga taqdim etmaslik, turli shubhali takliflar, “lotoreya” va “sovg‘a”larga ishonmaslik, bank xizmatlaridan foydalanishda barcha xabar va hujjatlarni diqqat bilan o‘qib chiqish, kredit rasmiylashtirilishiga oid shubhali xabarlar kelib tushganda zudlik bilan Federatsiyaning 1091 raqamli ishonch telefoni, bank va huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilish shuningdek, 2026-yil 30-yanvardan boshlab banklar tomonidan kredit rasmiylashtirishdan oldin iste’molchiga kredit tavakkalchiliklari bo‘yicha maxsus cheklist taqdim etilishi majburiy etib belgilangani haqida xabardor qilish maqsadida O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyaning Samarqand shahar jamiyati raisi Mahmud Shodiyev bilan hamkorlikda tushuntirish va targ‘ibot ishlari olib borildi

03/02/2026

226 162 600 so'm miqdoridagi pul mablag'i fuqaro foydasiga undirib berildi.

Jomboy tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro Feruza Abduqodirova tuman markazida yangi qurilayotgan ko'p qavatli uylardan xonadod harid qilish maqsadida 2019 - yilda to'lov qiladi. Bino 2020 yilning dekabr oyida bitishi vada qilingan bo'lsada hozirgi kunga qadar topshirilmagan. Bu masalada fuqaro bir necha bora "Alijon qurilish montaj" MCHJga murojaat qiladi va masala hal etilmagach Jomboy tuman Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojjat qildi. Jamiyat tomonidan Fuqaro Feruza Abduqodirovaning huquqlari himoyaga olinib, jomboy tuman tumanlararo fuqarolik sudida ish ochildi hamda fuqaro foydasiga 226 162 600 so'm miqdoridagi pul mablag'i undirib berildi.

Oʻzbekiston Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Samarqand viloyat hududiy birlashmasi ken...
03/02/2026

Oʻzbekiston Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Samarqand viloyat hududiy birlashmasi kengashining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Unda viloyat hududiy birlashmasi va tuman (shahar) jamiyatlarining 2025-yil davomidagi faoliyati va bir qator kun tartibidagi masalalar muhokama etildi.

Address

Samarqand
Samarkand

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Isteʼmolchisamarqand posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Share

Category