07/02/2025
🇺🇿SINF SOATLARI🇺🇿
🇺🇿Ma’naviyat tushunchasining mazmuni bugungi k***a faqat “ma’ni”, “ma’no” degan so‘zlar doirasida chegaralanib qolmaydi. Nega deganda, insonni inson qiladigan, uning ongi va ruhiyati bilan chambarchas bog‘langan bu tushuncha har qaysi odam, jamiyat, millat va xalq hayotida hech narsa bilan o‘lchab bo‘lmaydigan darajada alohida ahamiyat kasb etadi.
Sariosiyo tumanidagi 23-sonli maktabda “juma ma'naviyat kuni” munosabati bilan sinflar kesimida 1-soat sinf soatlari tashkil etildi.Sinf soatlarida rejadagi mavzuga qo‘shimcha ravishda o‘quvchilarga “Huquqbuzarlikni barvaqt oldini olish” va “Giyohvandlikning salbiy oqibatlari ” mavzusida tushunchalar berildi.✅