28/07/2022
Milliy oʻquv dasturi loyihasi doirasidagi seminar o'z yakuniga yetdi
Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan mahalliy olimlar va UNICEF xalqaro ekspertlari bilan birgalikda Milliy oʻquv dasturini yaratish ishlari yakuniga yetkazildi. Milliy oʻquv dasturi loyihasini tayyorlashda 246 nafar milliy ekspertlar, jumladan 119 nafar maktab oʻqituvchilari, Oliy taʼlimdan 105 nafar professor-oʻqituvchilar, 22 nafar fan metodistlari, shuningdek UNICEF va USAID xalqaro tashkilotlari orqali jalb qilingan 16 nafar xalqaro ekspertlar ishtirok etdi.
Eslatib o'tamiz, 2022-2023-oʻquv yilidan boshlab umumtaʼlim maktablariga jami 45 nomdagi Kembrij nashriyoting Ingliz tili va Informatika darsliklari joriy etiladi.
Ushbu loyiha doirasidagi seminar yakuni Shahrisabz tumanidagi "Miraki" sanatoriyasida o'tkazildi. Unda Shahrisabz tuman hokimi va xalq ta'limi mas'ullari ishtirok etdi.
Qashqadaryo viloyati xalq ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
https://t.me/qashqadaryo_vxtb