15/06/2025
Hurmatli otalar!
Sizni chin yurakdan eng ezgu va muqaddas bayramlardan biri — Otalar kuni bilan muborakbod etamiz! Sizlar — oilaning tayanchi, farzandlar uchun ibrat namunasi va jamiyatda barqarorlik timsolisiz.
Har bir otaning mehnati, sabr-toqati va mehribonligi tufayli farzandlar kamol topadi, orzu va maqsadlariga yetadi. Sizlarning oila uchun qilayotgan fidokorona mehnatingiz tahsinga loyiq.
BOBUR AVENUE jamoasi sizga sihat-salomatlik, baxt, oilaviy tinchlik va farovonlik tilaydi. Farzandlaringiz doimo sizdan faxrlansin, mehr va hurmat aslo kamaymasin!
Otalar kuni muborak bo‘lsin!
Hurmat bilan,
BOBUR AVENUE jamoasi