Shofirkon tuman Axborot-kutubxona markazi

Shofirkon tuman Axborot-kutubxona markazi Contact information, map and directions, contact form, opening hours, services, ratings, photos, videos and announcements from Shofirkon tuman Axborot-kutubxona markazi, Real Estate, Shofirkon, Bukhara.

"Yangi O‘zbekiston-inson qadri ustivor bo‘lgan jamiyat va xalqparvar davlatdir” nomli kitob-rasmli ko‘rgazmaJoriy yilnin...
12/06/2026

"Yangi O‘zbekiston-inson qadri ustivor bo‘lgan jamiyat va xalqparvar davlatdir” nomli kitob-rasmli ko‘rgazma

Joriy yilning 12-iyun kuni akademik T.Mirzayev nomidagi Shofirkon tuman AKMda “Yangi O‘zbekiston-inson qadri ustivor bo‘lgan jamiyat va xalqparvar davlatdir” nomli kitob-rasmli ko‘rgazmasi tashkil etildi.

AKM mutaxassisi M.Ro‘ziyeva kitobxonlarni ko‘rgazmadagi adabiyotlar bilan tanishtirib o‘tdi va mutolaa uchun tavsiya etdi

Yoshlarimiz dunyoviy bilimlar bilan barcha yuksak ma’naviyatimiz, milliy urf odatlarimiz va qadriyatlarimiz asoslarini ham puxta egallashlari kerak. Mana shunday yoshlar mustaqil O‘zbekistonimizning kelajagi, ishonchi va davomchisi bo‘la oladi

Kutubxona bo‘ylab sayohat Axborot-kutubxona markazi fondida saqlanayotgan adabiyotlar  kitobxonlar uchun qimmatli manba ...
12/06/2026

Kutubxona bo‘ylab sayohat

Axborot-kutubxona markazi fondida saqlanayotgan adabiyotlar kitobxonlar uchun qimmatli manba bo‘lib xizmat qilmoqda. Ilmga chanqoq yoshlarimizning bugungi tashrifi ham buning isbotidir.

Joriy yilning 12-iyun kuni Shofirkon tuman axborot-kutubxona markazida 1-son maktab o‘quvchilar ishtirokida kutubxona bo‘ylab sayohat tashkil etildi.

Axborot-kutubxona markazi mutaxassislari o‘quvchilarga kutubxonadan foydalanish qoidalari, Shofirkon tumani tarixi, yozuvchi va shoirlari, akademik va qahramonlari haqida ma’lumot berdilar.

NAVBATDAGI “SIYOSIY-MA’RIFAT SOATI” BO‘LIB O‘TDI🌐 Davlat xizmatchilarining siyosiy bilimlarini oshirish, ma'naviy dunyoq...
12/06/2026

NAVBATDAGI “SIYOSIY-MA’RIFAT SOATI” BO‘LIB O‘TDI

🌐 Davlat xizmatchilarining siyosiy bilimlarini oshirish, ma'naviy dunyoqarashini kengatirish maqsadida joriy yilning 12 iyun kuni akademik To‘ra Mirzayev nomidagi Shofirkon tuman axborot-kutubxona markazida bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari haqida ma’lumot berib boruvchi navbatdagi “Siyosiy-ma’rifat soati” o‘tkazildi.

🎬Unda siyosiy-ijtimoiy xabarlar, qonunchilikdagi yangiliklar, davlat xizmatchisining ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini boyitishga xizmat qiladigan ma’lumotlar o‘rin olgan.

✅ “Siyosiy-ma’rifat soati” jarayonida akademik To‘ra Mirzayev nomidagi Shofirkon tuman axborot-kutubxona markazi jamoasi go'zal qadriyatlarimiz tarovatini ko'rsatib beruvchi milliy liboslarda ishtirok etdi.

 📒 Mening ko‘nglim bir qushdir✍️ Aydin Hiz📚Aydin Hizning “Ko‘nglim bir qushdir” asari qalb kechinmalari, muhabbat va ins...
12/06/2026



📒 Mening ko‘nglim bir qushdir
✍️ Aydin Hiz

📚Aydin Hizning “Ko‘nglim bir qushdir” asari qalb kechinmalari, muhabbat va inson ruhiyati haqida yozilgan ta’sirchan kitoblardan biridir. Muallif asarda insonning ichki his-tuyg‘ularini nozik va badiiy uslubda tasvirlaydi. Kitob o‘quvchini hayot, sog‘inch, erkinlik va sevgi haqida chuqur mushohada qilishga chorlaydi.

📗Asar sodda tilda yozilgan bo‘lsa-da, undagi fikr va tuyg‘ular o‘quvchi qalbiga tez yetib boradi. Shu sababli kitob ko‘plab kitobxonlar tomonidan iliq kutib olingan.

📖Agar siz ruhiy va falsafiy mazmundagi asarlarni yoqtirsangiz, “Mening ko‘nglim bir qushdir” siz uchun yaxshi tanlov bo‘lishi mumkin.

 📔Ivan Bunin✍️Qorong'i xiyobonlar📗To‘plam - muhabbat mavzusiga bag‘ishlangan noyob hikoyalar majmuasidir. Bunin inson qa...
11/06/2026



📔Ivan Bunin
✍️Qorong'i xiyobonlar

📗To‘plam - muhabbat mavzusiga bag‘ishlangan noyob hikoyalar majmuasidir. Bunin inson qalbidagi eng nozik tuyg‘ularni – yorqin xotiralar, ajralish alami, kechikkan iqror va iztirobli muhabbatni inja nafosat bilan tasvirlaydi.
📕Har bir hikoya alohida bir hayot falsafasi, qaysidir ma’noda fojia va o‘tgan zamonlar uchun so‘nggi vido singari yangraydi. Undagi sevgi izhorlari poyeziyadek alam va shukronalik hissi bilan to‘ldirilgan.
📒 «Qorong‘i xiyobonlar» ajralgan qalblar, kechikkan tan olishlar va yechilmagan muhabbatlar tarixi. Bu to‘plam orqali Bunin inson ruhiyatidagi eng noyob hislar fidoiylik, hasrat, himoyasiz muhabbat va iztirobni benihoya noziklik bilan tarannum etadi.
📘To‘plam o‘quvchini muhabbatning sokin va bir vaqtning o‘zida og‘riqli tabiatini his qilishga chorlaydi

“Ma’rifatli ayol – jamiyat taraqqiyoti omili” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvAyol bor jamiyatda, oilada, ijtimoiy ...
10/06/2026

“Ma’rifatli ayol – jamiyat taraqqiyoti omili” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv

Ayol bor jamiyatda, oilada, ijtimoiy muhitda tinchlik-totuvlik, osoyishtalik, ezgulik, tadbirkorlik, saranjom-sarishtalik, sabr-qanoat, mehr-oqibat, insonga xos moddiy va ma’naviy saхovat bo‘ladi.
Shofirkon tumanida xotin-qizlarning ma’naviy-intellektual salohiyatini yuksaltirish, kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib etish hamda ilm-fan va kasb-hunarga bo‘lgan qiziqishini oshirishga qaratilgan tadbirlar izchil davom ettirilmoqda.
Ana shunday tadbirlardan biri sifatida Shofirkon tuman AKMda “Ayol uchun” loyihasi doirasida xotin-qizlar ishtirokida “Ma’rifatli ayol – jamiyat taraqqiyoti omili” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi.
Tadbir davomida mutolaaning inson kamolotidagi o‘rni, kitobxonlikning oila ma’naviy muhitini mustahkamlashdagi ahamiyati hamda ayollarning farzand tarbiyasi va jamiyat taraqqiyotidagi beqiyos o‘rni haqida atroflicha fikr almashildi.
Tadbirda xotin-qizlarni muntazam kitob mutolaasiga jalb etish, ularning ilm olish, kasb-hunar egallash va zamonaviy bilim oshirish masalalari yuzasidan ochiq muloqot o‘tkazildi
Uchrashuvda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, ayollarning intellektual salohiyatini yuksaltirish, ijtimoiy faolligini oshirish hamda jamiyat hayotidagi o‘rnini mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Ishtirokchilarga Axborot-kutubxona markazida yaratilgan sharoitlar, mavjud kitob fondlari va elektron xizmatlar haqida ham batafsil ma’lumot berildi
Mazkur tadbir xotin-qizlarning ma’naviy kamoloti va intellektual salohiyatini yuksaltirish, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish hamda ma’rifatli avlodni tarbiyalash yo‘lidagi muhim tashabbuslardan biri bo‘ldi.

“Mahalla tinch va ahil bo‘lsa, jamiyatimiz tinch va hamjihat bo‘ladi” nomli davra suhbatiMahalla insonning hayotga yo‘na...
10/06/2026

“Mahalla tinch va ahil bo‘lsa, jamiyatimiz tinch va hamjihat bo‘ladi” nomli davra suhbati

Mahalla insonning hayotga yo‘nalishini belgilaydigan muhit, o‘zaro hurmat va hamjihatlik makonidir. U yerda insoniylik, birdamlik va mehr-oqibat qadrlanadi.

Mahallaning obodligi, undagi tibbiy va ekologik muhitning barqarorligi Yangi O‘zbekistonning poydevorini yanada baquvvat qiladi. Bu ezgu maqsad yo‘lida birlashish va mahallani chinakam xalqchil tuzilmaga aylantirish farovon kelajak va yuksak taraqqiyotning eng ishonchli kafolatidir.

Joriy yilning 9 iyun kuni Shofirkon tuman AKMda 2026-yil “ Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili”ga bag‘ishlab “Mahalla tinch va ahil bo‘lsa, jamiyatimiz tinch va hamjihat bo‘ladi” nomli davra suhbati bo‘lib o‘tdi

Tadbirni o‘tkazishdan maqsad: mahallalarda yoshlar va xotin-qizlarning bandligini oshirish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda oilaviy tadbirkorlik dasturlari ijrosini ta'minlash bo‘yicha ishlarni amalga oshirishdan iborat

Shofirkon tumani axborot-kutubxona markazida “Kitobxon rahbar” klubining  mashgʻuloti boʻlib oʻtdi2026 yil 3 iyunda Shof...
10/06/2026

Shofirkon tumani axborot-kutubxona markazida “Kitobxon rahbar” klubining mashgʻuloti boʻlib oʻtdi

2026 yil 3 iyunda Shofirkon tumani axborot-kutubxona markazida “Kitobxon rahbar” klubining mashgʻuloti boʻlib oʻtdi. Unda viloyat axborot-kutubxona markazi rahbariyati hamda tuman va shahar axborot-kutubxona markazlari rahbarlari faol ishtirok etdilar.

Mashgʻulot davomida Shofirkon tumani axborot-kutubxona markazi rahbari va xodimlari tomonidan Baxtiyor Abdug‘afur qalamiga mansub “Uzbechka” kitobi taqdimoti o‘tkazildi. Tadbirda asar mazmuni, g‘oyaviy yo‘nalishi va badiiy xususiyatlari atroflicha yoritib berildi.

Shuningdek, tadbir davomida Shofirkon tumani tarixi va kutubxonaning bugungi faoliyatiga oid taqdimotlar namoyish etilib, ishtirokchilarga batafsil maʼlumotlar taqdim etildi. Qiziqarli savol-javoblar, erkin muloqot va fikr almashuvlar esa uchrashuvning yanada mazmunli oʻtishiga xizmat qildi.

Klub aʼzolari oʻz faoliyatidagi yutuqlar, mavjud muammolar hamda sohadagi dolzarb masalalar yuzasidan oʻzaro tajriba almashib, yangi tashabbus va gʻoyalarni ilgari surdilar.

2026 yil - “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” nomli kitob-rasmli ko‘rgazmaJoriy yilning 9-iyun ku...
10/06/2026

2026 yil - “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” nomli kitob-rasmli ko‘rgazma

Joriy yilning 9-iyun kuni akademik To'ra Mirzayev nomidagi Shofirkon tuman AKMda 2026 yil - “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” nomli kitob- rasmli ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Kitob-rasmli ko‘zgazmasidan prezidentimizning “Inson qadri uchun,el-yurt farovonligi uchun”, aholining turmush tarzi hamda mahallalarni rivojlantirish mavzusidagi kitoblar,baxtli oila qurish haqidagi adabiyotlar o‘rin olgan.

AKM mutaxassisi M.Qodirova kitobxonlarni ko‘rgazmadan o‘rin olgan adabiyotlar bilan tanishtirib o‘tdi va mutolaa uchun tavsiya etdi.

Mahallaning obodligi, barqarorligi Yangi O‘zbekistonning poydevorini yanada baquvvat qiladi. Bu ezgu maqsad yo‘lida birlashish farovon kelajak va yuksak taraqqiyotning eng ishonchli kafolatidir.

 ✍️ Temur Po‘latov💫  "Dengiz ko‘chmanchilari"Temur Po‘latov Markaziy Osiyo adabiyotida o‘ziga xos uslubga ega bo‘lgan, a...
10/06/2026



✍️ Temur Po‘latov
💫 "Dengiz ko‘chmanchilari"

Temur Po‘latov Markaziy Osiyo adabiyotida o‘ziga xos uslubga ega bo‘lgan, asarlari ko‘plab xorijiy tillarga tarjima qilingan yozuvchi. Ushbu asarda adibning qissalari, hikoyalari va esselari jam bo‘lgan.

"Dengiz ko‘chmanchilari" asari muallifning eng mashhur va falsafiy qissalaridan biri hisoblanadi.
Asar markazida Orol dengizi va uning atrofida yashovchi insonlar taqdiri yotadi.
Po‘latov bu asarida shunchaki baliqchilar hayotini emas, balki tabiat bilan inson o‘rtasidagi uzviy, ba’zan esa fojiali bog‘liqlikni tasvirlaydi.

🌊 Orol dengizining qurishi nafaqat tabiat hodisasi, balki ma’naviy inqiroz sifatida ham talqin qilinadi.

Address

Shofirkon
Bukhara

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Shofirkon tuman Axborot-kutubxona markazi posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Share

Category