06/06/2025
Muhtaram vatandoshlar!
Mana shu fayzli damlarda Yer yuzidagi jami musulmon ummati qatori qalbi shukuhga toʻlib turgan siz, azizlarni – nuroniy otaxon va onaxonlarimizni, qadrli aka-uka va opa-singillarimizni, navqiron yoshlarimizni, iymon-eʼtiqodli xalqimizni ulugʻ ayyom – Qurbon hayiti bilan chin qalbimizdan samimiy tabriklab, eng ezgu tilaklarimizni bildiramiz!
Ushbu saodatli damlarda barchamiz bu ulug‘ ayyomning ruhi va shukuhini chuqur his etib, el-yurtimiz bilan birgalikda shunday yorug‘ kunlarga yetkazgani uchun Yaratganga cheksiz shukronalar aytamiz.
Barchangizni Qurbon Hayit ayyomi bilan yana bir bor tabriklaymiz!
Hurmat bilan “LIONSTONE” Kompaniyasi!