AKIS Surxondaryo

AKIS Surxondaryo AKIS Surxondaryo

  Aholining sabzavot mahsulotlariga boʻlgan ehtiyojini toʻla qondirish va oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash yuzasidan ...
21/09/2024




Aholining sabzavot mahsulotlariga boʻlgan ehtiyojini toʻla qondirish va oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash yuzasidan seminar tashkil etildi

🇺🇿Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev tomonidan “Aholiga bogʻdorchilik yerlaridan unumli foydalanish, jumladan bogʻ, anorzor va tokzorlar orasida mahsulot yetishtirishda hosildorlikni oshirishni oʻrgatish" boʻyicha berilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida Surxondaryo viloyati Agroxizmatlar markazining tumanlarda amaliy seminarlar tashkil etdi.

🟢Maʼlumot uchun, Surxondaryo viloyatiga 2025-yil hosili uchun 2024-yil avgust-sentyabr oylarida bogʻ-tok qator oralariga piyoz va sarimsoq piyoz hamda toʻqsonbosti usulida ekiladigan sabzavot ekinlari jami maydoni 24355 gektar boʻlib, shundan, avgust-sentyabr oylarida 1595 gektar, noyabr-dekabr oylarida 22760 gektarni ekish rejalashtirilgan.

🇺🇿Viloyatdagi ushbu bogʻ, tokzorlar va anorzor oralari yetishtirilayotgan maxsulotlardan kutilayotgan yalpi hosildorlik 525306 tonna boʻlib, eksportga 105061 tonna, qayta ishlashga 63037 tonna, zahiraga 78796 tonna va ichki bozor hamda ichki isteʼmol uchun 278412 tonnani tashkil qilmoqda.

🔗Surxondaryo viloyati Agroxizmatlar markazi tomonidan bogʻ, anorzor va tokzorlar orasida mahsulot yetishtirishda hosildorlikni oshirishni boʻyicha hududlarda amaliy seminarlar va uchrashuvlar oʻtkazib kelinmoqda. Jumladan Oltinsoy tumanida “Bogʻdorchilik yerlaridan unumli foydalanish, jumladan bogʻ va tokzorlar orasida mahsulot yetishtirishda hosildorlikni oshirish” mavzusida seminar boʻlib oʻtdi. Seminarda fermer, dexqon xoʻjaligi, yer egalari va bogʻbonlar ishtirok etib, qishloq xoʻjaligida zamonaviy texnologiyalarni qoʻllash, yangi navlarni ekish, hosildorlikni oshirish, kasalliklar va zararkunandalarga qarshi kurash usullari bilan tanishdilar. Birgina misol, bugun seminar tashkil qilingan Oltinsoy tumanida kelgusi yil hosili uchun 6376 gektar maydonga toʻqsonbosti ekinlari ekish koʻzda tutilgan. Viloyat miqiyosida esa bu koʻrsatkich 93990 gektarni tashkil qiladi.

📈Ushbu seminarni oʻtkazishdan asosiy maqsad, aholining sabzavot mahsulotlariga boʻlgan ehtiyojini toʻla qondirish va oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashdan iboratdir. Yurtimizda shu kunlarda hosildan boʻshagan maydonlarga sovuqqa chidamli toʻqsonbosti ekinlardan piyoz, sarimsoqpiyoz, koʻkatlar, kashnich, petrushka, salat, rediska, karam ekish ishlari olib borilmoqda. Bu dehqon va fermer xoʻjaliklariga yaxshi foyda ham keltiradi.

⌛Seminar soʻngida har bir ishtirokchiga dasturulamal sifatida tarqatma materiallari tarqatildi. Shuningdek, ushbu seminarlar viloyatning boshqa hududlariga ham keng miqiyosda oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

29/08/2024




Samarasiz, kam hosilli bog‘ va tokzorlar o‘rnida intensiv-serhosil bog‘ va tokzorlar barpo etish ishlari olib borilmoqda

Surxondaryo viloyatida mirishkor bog‘bonlar tomonidan serhosil, eksportbop, sara meva va uzumlar yetishtirilmoqda. Ona tabiatning moʻjizasi bo‘lgan unumdor tuproq, qulay iqlim sharoitida pishgan tilni yoradigan meva, uzum mahsulotlari xalqimiz dasturxoniga shuningdek, qo‘shni mamlakatlarga ham yetkazib berilmoqda.
Surxondaryo viloyat hokimligi va AKIS viloyat agroxizmatlar markazi tavsiyasi asosida viloyatdagi mavjud kam hosilli, yaroqsiz bog‘ va tokzorlar o‘rnida serhosil bog‘ va tokzorlar tashkil qilish ishlari boshlab yuborildi.

12/08/2024
07/08/2024

Xitoylik mutaxaxassislar Surxandaryo viloyatida boʻldi.
Agrobereke MCHJ xitoylik mutaxassislari janob Hu va janob Jang Sherabod tumanidagi Long Pin kampaniyasining Xin Lu Zhong-52 navi ekilgan maydonlarda boʻldi. Xitoylik mutaxassislarga Surxandaryo viloyati Agroxizmatlar rahbari Paxtachilik kengashi aʼzolari hamrohligda Viloyatdagi Klaster va fermer xoʻjaliklari raxbarlari va soha mutaxassislar bilan xorijiy nav ekilgan maydonda seminar tashkil qilindi. Seminar koʻtarinki ruhda boʻlib oʻtdi fermerlar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar.
Janob Hu Ying guang Daladagi koʻchatlar soni ozligini va mineral oʻgʻitlar qoʻlanishidag kamchiliklarni tanqid qildi.
Chilpish ishlari oʻz vaqtida oʻz oʻrnida amalga oshirlgan.
Hosil elementlari judda koʻp yani koʻsaklar soni hamda pastki shoxlardagi koʻsaklarni ochilganligi ijobiy bohalab ekish muddatiga amal qilinganligini takidladi.

05/08/2024



🇺🇿Davlatimiz rahbarining "Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar tizimi hamda zamonaviy xizmatlar ko‘rsatishni yanada rivojlantirish to‘g‘risida"gi farmonining ijrosini ta’minlash doirasida hududlarda agroxizmatlar markazlari faoliyati tashkil etilgan bo'lib, ular zimmasiga 2024-2026 yillarda paxta-to‘qimachilik klasterlari va fermer xo‘jaliklaridagi paxta hosildorligi gektariga 30 sentnerdan oshmaydigan hududlarda xorijdan import qilinadigan yoki yuqori hosildor yangi g‘o‘za navlarining sinovlari o‘tkazish vazifasi qo‘yilgan.

🌱Shunga asosan, Surxondaryo viloyatida ham 3 333 gektar maydonida Xitoy Xalq Respublikasidan olib kelingan g‘o‘za navlari parvarishlanmoqda.

💬Voha mirishkorlari xitoylik taniqli qishloq xo‘jaligi mutaxassislari, tadqiqotchilar bilan uchrashishdi.

31/07/2024

Xabaringiz bor, Davlatimiz rahbarining Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar tizimi hamda zamonaviy xizmatlar ko‘rsatishni yanada rivojlantirish to‘g‘risidagi farmonining ijrosini ta’minlash doirasida hududlarda agroxizmatlar markazlari faoliyati tashkil etilgandi. Bu majmualar zimmasiga 2024 — 2026 yillarda paxta-to‘qimachilik klasterlari va fermer xo‘jaliklaridagi paxta hosildorligi gektariga 30 syentnerdan oshmaydigan hududlarda xorijdan import qilinadigan yoki yuqori hosildor yangi g‘o‘za navlarini sinovlari o‘tkazish vazifasi qo‘yilgan edi. Shunga asosan, birgina Surxondaryo viloyatidagi 3 333 gektar maydonda Xitoy xalq Respublikasidan olib kelingan g‘o‘za navlari parvarishlanmoqda. Kuni kecha voha mirishkorlari xitoylik taniqli qishloq xo‘jaligi mutaxassislari, tadqiqotchilar bilan uchrashishdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 15-dekabrdagi “Paxtachilikda urug‘chilik tizimini rivojlantirish hamda ...
24/07/2024

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 15-dekabrdagi “Paxtachilikda urug‘chilik tizimini rivojlantirish hamda paxta hosildorligini oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-391-sonli qarori ijrosi yuzasidan Surxondaryo viloyatiga ham 2024 yil paxta hosili uchun Xitoy xalq Respublikasidan “XinLuzhong-52” va “XinLuzhong-78” g‘o‘za navlaridan jami 100 tonna urug‘liklar olib kelinib, 3333 gektarga ekilgandi.
Paxtachilikda zamonaviy samarador agrotexnologiyalarni qo‘llash va urug‘chilik tizimiga erkin bozor mexanizmlarini joriy etish orqali hosildorlikni keskin oshirish, paxta xomashyosini yetishtirishda ilmiy-innovasion yondashuvlarni qo‘llashni kengaytirish asosiy maqsaddir.
Kuni kecha Xitoydan kelgan mutaxassislar viloyatning Sariosiyo tumanining “XinLuzhong-78” navi ekilgan g‘o‘za maydonlarida bo‘lib, dala seminarini o‘tkazdilar.
Ushbu seminarga fermer xo‘jaliklari, agroklasterlar va soha vakillari ishtirok etishdi va o‘zlari qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.

20/07/2024



🟢Agrar sohada yordamga muhtojmisiz?
🟢Savollaringiz bormi?
🟢Dehqonchilik boshlamoqchimisiz?
🟢Fermerlikda mahoratingizni oshirishni ko‘zlab turibsizmi?

🔵Endi atrofdan mutaxassis izlashning keragi yo‘q!
Biz bir joyning o‘zida keng ko‘lamdagi xizmatlarni taklif qilamiz.

     Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumani  AKIS bosh mutaxassisi, agromaslahatchi tumanning “Eljaxonbek Chavagon”, “Betu...
14/07/2024





Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumani AKIS bosh mutaxassisi, agromaslahatchi tumanning “Eljaxonbek Chavagon”, “Betura mardanov”, “Kulmat Eshmatov”, “Eljaxonbek Chavag‘on” va "Ibrohim Nasrulla" fermer xo‘jaliklari dalasidagi takroriy ekinlarni ko‘zdan kechirildi. Shuningdek suvchilarga sovg‘a va tavsiyalar berildi.

https://t.me/akis_surxondaryo

https://www.facebook.com/share/p/agMumezsXzp2CnV

Address

O‘zbekiston Respublikasi, Termiz Shahri
Termiz

Website

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when AKIS Surxondaryo posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Share

Category