10/06/2022
O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Ra'no Turdiboyeva Gurlan tumanidagi "Oila maktabi" ochilish marosimida ishtirok etdi. Unda O‘zbekiston Qahramoni Anora Mahmudova, shuningdek, tumandagi otinoyilar, nuroniy otaxonlar, mahalla faollari va oila qurish ostonasida turgan yoshlar qatnashdilar.
Respublika Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Ra'no Turdiboyeva oila qurush ostonasida turgan yoshlar bilan suhbatlashib, oila to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati, vazifalari, birgina tibbiy ko‘rikning maqsadi va ahamiyati, oila mustahkamliginining ijtimoiy psixologik omillari, oilada er-xotinnning shaxsiy huquq va majburiyatlari mavzularida muhim ko‘rsatmalarni berib o‘tdi.
🔊📝Xorazm viloyati oila va xotin-qizlar boshqarmasi matbuot xizmati.